Omadli raqam

“Ovozli portal” xizmatidan foydalanish
KELISHUVI
1. Kelishuv predmeti

1.1. Mazkur Foydalanish kelishuvining (bundan keyin matnda – Kelishuv deb ataladi) tomonlari boʻlib, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2014-yil 6-fevralda berilgan № 0006090-sonli litsenziya asosida amalga oshiruvchi “Lux Content” XK (2014-yil 24-iyulda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar Xokimligi huzuridagi tadbirkorlarni roʻyxatga olish inspeksiyasi tomonidan roʻyxatga olingan, Sertifikat № 2014360, STIR: 303012274, tel.: +998 71 233-32-55) (bundan keyin matnda – Tashkilotchi deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi uyali aloqa operatorlari xizmatlariga ulangan, muloqotga layoqatli jismoniy shaxs Abonent (bundan keyin matnda – Foydalanuvchi deb ataladi) hisoblanadi.
1.2. mazkur Kelishuvda quyidagi atamalardan foydalaniladi:
“Xizmat” — Abonent ulangan uyali aloqa operatori tomonidan oʻrnatilgan tarif rejasi va tarifikatsiyaga muvofiq toʻlov asosidagi Ovozli portalga kirishni taqdim etish;
“Ovozli portal” -- Abonentlarga maxsus qisqa raqamlarda interfaol koʻngilochar va boshqa xizmatlarni taqdim etish uchun Tashkilotchining call-markazi ichida qoʻngʻiroqlarni yoʻnaltirish vazifasini bajaruvchi, oldindan yozib qoʻyilgan ovozli xabarlar tizimi;
“Onlayn chat” -- Ovozli portalning maxsus buyruqlari yordamida Abonentlarga real vaqtda interfaol muloqot qilish imkoniyatini beruvchi Ovozli portalning xizmatlaridan biri;
“Aksiya” — Tashkilotchi tomonidan Foydalanuvchilar orasida Ovozli portal va Xizmatlardan foydalanishni kuchaytirish maqsadida bepul asosda oʻtkaziladigan sovrinlar tanlovi;
“Abonent raqami” – Foydalanuvchiga telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish shartnomasini tuzishda uyali aloqa operatori tomonidan ajratilgan, telefon tarmogʻiga ulangan abonent qurilmasini unga boshqa abonent qurilmalari ulanganida identifikatsiyalashtirish mumkin boʻlgan raqam;
“Servis raqami” – bu mobil aloqa operatori tomonidan Ovozli portal va Xizmatlarga kirish uchun taqdim etiladigan maxsus qisqa raqam (Beeline ovozli qisqa raqami — 5555 va SMS qisqa raqami — 5454, Ucell ovozli qisqa raqami – 555 va SMS qisqa raqami – 5454, Perfectum ovozli qisqa raqami – 0720 va SMS qisqa raqami – 5454, Uzmobile ovozli qisqa raqami – 5555 va SMS qisqa raqami – 1424, Mobiuz ovozli qisqa raqami – 7777 (Muloqot shahri) va SMS qisqa raqami – 77777);
“Tashkilotchi” — “LUX CONTENT” XK;
“Tarif” — mazkur Kelishuvga ilovada koʻrsatilgan Ovozli portal xizmatlari narxi;
“Foydalanuvchi” — jismoniy shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan uyali aloqa operatori abonenti;
“Noyob kod” -- Tashkilotchining axborot tizimi tomonidan umumlashtiriladigan va Foydalanuvchiga SMS-xabar orqali yoʻnaltiriladigan foydalanuvchi raqamini ishonchli indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan sonli yoki harf-sonli kod.

2. UMUMIY QOIDALAR

2.1. Mazkur Kelishuv, Tashkilotchi va Foydalanuvchi oʻrtasida Tashkilotchining koʻngilochar va boshqa xizmatlaridan foydalanish boʻyicha munosabatlarini tartibga soladi.
2.2. Xizmatga ulanish uchun Foydalanuvchi Servis raqamiga qoʻngʻiroq qilishi (Foydalanuvchi ulangan mobil aloqa operatoriga muvofiq) yoki Servis raqamiga “X” matnli SMS yuborishi zarur.
2.3. Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuvning 2.2-bandida koʻrsatilgan Servis raqamiga SMS-xabar yuborishi yoki qoʻngʻiroq qilishi quyidagilarni anglatadi:
• Foydalanuvchining mazkur Kelishuvni barcha bandlariga soʻzsiz rozi boʻlishi va ushbu Kelishuv boʻyicha Foydalanuvchiga yuklatilgan vazifalarga rioya qilish majburiyatlari bilan uning shartlarini soʻzsiz qabul qilish;
• Foydalanuvchining, Tashkilotchi va Foydalanuvchining uyali aloqa operatori oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan Tariflarga muvofiq mablagʻlarni oʻzini abonent hisob raqami yechib olinishiga soʻzsiz rozi boʻlishi;
• Ushbu Kelishuvning toʻliq va soʻzsiz aksepti, uni bilmaslik, shartlari bilan tanishib chiqmaslik Foydalanuvchini uni shartlarini bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi;
• Shaxsiy maʼlumotlariga ishlov berilishiga rozilik;
• Xizmatni ulash vaqtida Foydalanuvchi 18 yoshga toʻlganligini tasdiqlaydi.
2.4. Xizmatga, 2.2-bandda koʻrsatilgan har qanday usullarning biri orqali ulanishda, Foydalanuvchiga ulanganligi, agar Xizmatga ulanish kuniga shunday aksiya mavjud boʻlsa, aksiyaning davom etish muddati haqidagi xabar, shuningdek mazkur Foydalanish Kelishuviga havola yozilgan SMS-xabar keladi.
2.5. Mazkur Kelishuv va/yoki Tariflarni oʻz ixtiyoriga koʻra oʻzgartirish va/yoki qoʻshimcha kiritish huquqini Tashkilotchi oʻzida qoldiradi. Tashkilotchi, Kelishuv va/yoki Tariflardagi oʻzgarishlar va/yoki qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotni Foydalanuvchiga ushbu Kelishuv matniga havolani koʻrsatgan holda, kiritilgan oʻzgarish va/yoki qoʻshimchalar kuchga kirishidan 1 kun oldin SMS orqali yuboradi.
Kelishuv va Kelishuvga oʻzgarishlar va/yoki qoʻshimchalarning amaldagi tahriri Internet global tarmogʻida http://sports.uz va www.luxcontent.uz manzili boʻyicha mavjud.
2.6. Foydalanuvchi, Kelishuv va/yoki Tariflarga Tashkilotchi tomonidan kiritilgan oʻzgarishlar va/yoki qoʻshimchalarga rozi boʻlmagan taqdirda, shuningdek Foydalanuvchi Xizmatdan foydalanishni rad etish istagini bildirgan hollarda, Foydalanuvchi har qanday vaqtda Servis raqamiga “STOP X” matni kiritilgan SMS-xabar joʻnatib yoki shaxsiy kabinet orqali Servis raqamiga yoki 78 140 50 01 raqami orqali Tashkilotchining call-markaziga qoʻngʻiroq qilib, Xizmatdan foydalanishni toʻxtatish huquqiga ega.
2.7. Foydalanuvchi tomonidan, mazkur Kelishuvning 2.6-bandida koʻrsatilgan SMS-xabarning joʻnatilmaganligi, shuningdek Abonentga Tashkilotchi tomonidan eʼlon qilingan aksiyalarning yakunlanganligi toʻgʻrisidagi SMS-xabarlarning kelishi, Foydalanuvchining Xizmatdan keyinchalik foydalanishga roziligini anglatadi. Bunday rozilik, Abonent Tashkilotchiga ushbu Kelishuvning 2.6-bandida koʻzda tutilgan usullardan biri bilan Xizmatdan foydalanishni rad etish (voz kechish) toʻgʻrisida ogohlantirish yuborgunga qadar davom etadi.
2.8. Agar Foydalanuvchi, mazkur Kelishuvning 2.5-bandiga muvofiq xabar tariqasida yuboriladigan Kelishuvga har qanday oʻzgarish va/yoki qoʻshimchalar kiritilganidan keyin Xizmatdan foydalanishni rad etmagan (voz kechmagan) taqdirda yoki Ovozli portaldan foydalanishni davom ettirsa, bu Foydalanuvchining bunday oʻzgarish va/yoki qoʻshimchalarga soʻzsiz rozi ekanligini anglatadi.
2.9. Mazkur Kelishuv ommaviy oferta hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq tuzilgan.

3. Tashkilotchining huquq va majburiyatlari

3.1. Tashkilotchi Foydalanuvchiga Ovozli portalga kirishni taqdim etishga majbur.
3.2. Tashkilotchi, oʻz ixtiyoriga koʻra ovozli portal orqali xizmatlarni taqdim etish huquqini oʻzida qoldiradi.
3.3. Tashkilotchi har qanday vaqtda, Foydalanuvchining roziligini olmasdan, mazkur Kelishuvni bir tomonlama oʻzgartirish huquqiga ega.
3.3.1 Tashkilotchi, Xizmatni ommaviylashtirish, Foydalanuvchilarning eʼtiborini jalb qilish maqsadida, Aksiyalar oʻtkazishga haqli. Aksiyalarni oʻtkazish tartibi mazkur Kelishuvning 7 boʻlimiga muvofiq belgilanadi.
3.4. Tashkilotchi Foydalanuvchilarga, Kelishuvga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi maʼlumot, aksiyalar toʻgʻrisidagi axborot, Xizmat haqidagi tashkiliy-texnik yoki boshqa maʼlumotlardan iborat boʻlgan SMS-xabarlar yuborilishini amalga oshirishga haqli.
3.5. Xizmatni koʻrsatishda Tashkilotchi quyidagi harakatlarni amalga oshirmasligi shart:
3.5.1. uy manzillari, telefon raqamlari va boshqa shaxsiy maʼlumotlarni ochiq foydalanishga joylashtirishga Foydalanuvchilarning shaxsiy roziligini olmasdan turib, shunday harakatlarni amalga oshirish;
3.5.2. Foydalanuvchiga, virus yoki boshqa zararli dasturlarni oʻz ichiga olgan har qanday fayllarni joʻnatish;
3.5.3. jinoiy faoliyatni batafsil bayon qilish yoki targʻib qilish, jinoiy harakatlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnoma yoki koʻrsatmalarni joylashtirish;
3.5.4. Foydalanuvchilarga, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa maʼlumotni joʻnatish.

4. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari

4.1. Foydalanuvchi, mazkur kelishuvning shartlariga rioya qilgan va Tariflarga muvofiq tegishli pulli xizmatlardan foydalanganlik uchun haq toʻlagan holda oʻz ixtiyoriga koʻra Ovozli portal xizmatlaridan foydalanishga haqli.
4.2. Foydalanuvchi Xizmatdan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, shuningdek Tashkilotchining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilish majburiyatini oladi.
4.3. Foydalanuvchi, Tashkilotchiga SMS-xabar orqali qandaydir bir mahsulot yoki xizmatlar reklamasi boʻlgan materiallarni yubormaslik majburiyatini oladi.
4.4. Foydalanuvchi, Servis raqamiga “STOP X” yoki 1 matni kiritilgan SMS-xabar joʻnatib yoki shaxsiy kabinet orqali qisqa raqamga, shuningdek call-markazga (78 140 50 01) qoʻngʻiroq qilib, Xizmatdan foydalanishni toʻxtatish huquqiga ega.
4.5. Foydalanuvchi, Tashkilotchi tomonidan oʻtkaziladigan Aksiyalarda ishtirok etish huquqiga ega. Aksiyalarda ishtirok etish uchun Foydalanuvchi mazkur Kelishuvning 2.2-bandida koʻzda tutilgan usullarning biri orqali Xizmatga obuna boʻlgan boʻlishi kerak, shuningdek oʻzi ishtirok etishni rejalashtirayotgan har bir Aksiyaning shartlari bilan tanishib chiqish majburiyatini oladi. Har bir Aksiyaning shartlari ushbu Kelishuvning Ilovasi hisoblanadi va www.sports.uz www.luxcontent.uz saytida joylashtiriladi.
4.6. Foydalanuvchi, Tashkilotchining roziligisiz uchinchi shaxslarga Noyob kod mazmuni toʻgʻrisidagi axborotni boshqa shaxsga topshirish, voz kechish, sotish, foydalanishga topshirish va bunday maʼlumotning boshqa shaxsga topshirilishiga olib keluvchi boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
4.7. Voyaga yetmagan shaxslarning Xizmatga kirmasligini kafolatlaydi va Foydalanuvchining aybi bilan voyaga yetmagan shaxslar Xizmatga ruxsatsiz kirishlari oqibatida yuzaga kelgan qandaydir bir zarar yoki ziyon uchun Foydalanuvchi javob beradi.
4.8. Foydalanuvchi, mazkur Kelishuv bilan belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarishga majbur.

5. Xizmatdan foydalanish qoidalari va shartlari

5.1. Xizmatlar doirasida, Tashkilotchi, Tariflarga muvofiq pullik toʻlov asosida Foydalanuvchilarga Ovozli portal xizmatini taqdim etadi. Obunachilarga, aksiyani oʻtkazish vaqtida Ovozli portal xizmati bepul taqdim etiladi. Aksiya bir oy davomida oʻtkaziladi. Aksiya tugashidan 3 kun oldin, abonentlarga, Ovozli portal xizmatlari pullik boʻlayotganligi toʻgʻrisidagi SMS-joʻnatmalar orqali ogohlantiriladilar, SMS-xabarda pullik rejimga oʻtish narxi va muddatlari, shuningdek xizmatdan foydalanishdan voz kechish usuli mazmunidagi maʼlumotlar boʻladi. (Ucell abonentlari uchun kunlik abonent toʻlovi 505,20 soʻmni tashkil qiladi).
5.2. Xizmatning narxi Foydalanuvchining abonentlik hisob-raqamidan, Tashkilotchi va Foydalanuvchining uyali aloqa operatori oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yechiladi.
5.3. Foydalanuvchilar uchun Xizmatlar narxi Internet tarmogʻida www.luxcontent.uz va http://sports.uz/page/tariff saytlarida 2021-yil 1-avgustga qadar ochiq boʻladi, va bu maʼlumot keyinchalik arxivlashtiriladi.
5.4. Foydalanuvchining abonentlik raqamida mablagʻlar mavjud boʻlmaganida, Tashkilotchi Foydalanuvchiga Xizmatlar koʻrsatishga majbur emas. Agar, Foydalanuvchining abonent hisob raqamida Tashkilotchi Xizmatlariga haq toʻlash uchun mablagʻlar yetarli boʻlmaganligi oqibatida Xizmatlar narxini toʻlashga mablagʻlar yetarli boʻlmasa, Tashkilotchi, Foydalanuvchining abonent hisob raqamida Tashkilotchining Xizmatlarini toʻlashga mablagʻlar yetarli boʻlguniga qadar Xizmatlarga kirish imkoniyatini vaqtincha cheklab qoʻyadi.
5.5. Xizmatlar narxi, ularning tarkibi, toʻlov muddatlari va tartibi, Foydalanuvchini keyinchalik kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida mazkur Kelishuvning 2.5-bandida koʻzda tutilgan tartibda ogohlantirgan holda Tashkilotchi tomonidan bir tomonlama ravishda oʻzgartirilishi mumkin.
5.6. Mazkur Kelishuvning 2.2-bandida koʻzda tutilgan tartibda Xizmatga obuna boʻla turib, Foydalanuvchi, oʻzi xizmatdan foydalanishni rejalashtirayotgan qurilma Xizmatning barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkoniga ega ekanligi bilan soʻzsiz roziligini bildiradi.
5.7. Mazkur Kelishuvning tomonlari, Ovozli portal xizmatiga obuna boʻlish vaqtida Xizmatlar koʻrsatilgan deb hisoblanishini tasdiqlaydi va kelishadilar.

6. Javobgarlik. Javobgarlikni cheklash

6.1. Xizmat, “qanday koʻrinishda boʻlsa, oʻsha holatda” taqdim etiladi. Tashkilotchi unga nisbatan hech qanday kafolat yoki ishonchnoma bermaydi.
6.2. Foydalanuvchi, Tashkilotchining Ovozli portaldagi xizmatlarini mos kelishi javob bermasligini tushunadi.
6.3. Foydalanuvchi Noyob kodi aksiya va oʻyinlarga kirishni taʼminlash shartida, Qurilma yoki dasturiy taʼminotning, Foydalanuvchining noyob kodini toʻliq yoki Foydalanuvchilar kutgan darajada qisman qoʻllab-quvvatlay olmasligi natijasida yetkazilgan har qanday zarur uchun Tashkilotchi javobgar boʻlmaydi.
6.4. Foydalanuvchi tomonidan qandaydir bir gʻarazgoʻy maqsadlarda yuborilgan maʼlumotlardan foydalanmaslik majburiyatini oladi va ushbu maʼlumotlarning oshkor qilinmasligini kafolatlaydi. Tashkilotchi tomonidan, davlat nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabi boʻyicha bunday maʼlumotni oshkor qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va lozim darajada xizmat koʻrsatish uchun Tashkilotchining majburiyati boʻlgan hollarda, Foydalanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotning Tashkilotchi tomonidan oshkor qilinishi mazkur shartning buzilishi hisoblanmaydi.
6.5. Foydalanuvchi oʻzining Abonent raqamining saqlanuvchanligi va uni yoʻqotish yoki Abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanganlik sababli vujudga kelishi mumkin boʻlgan ziyonlar uchun toʻliq javobgar boʻladi. Foydalanuvchining Abonent raqamini uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz ishlatishi sababli vujudga kelgan ziyonlar uchun Tashkilotchi javob bermaydi va qoplab bermaydi. Foydalanuvchining Abonent raqamidan foydalanish amalga oshirilgan barcha harakatlar, Foydalanuvchining harakatlari deb baholanadi. Foydalanuvchi, abonent raqamidan amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
6.6. Tashkilotchi, telefon aloqasi, uyali operatorlar ishi, Internet tarmogʻi bilan bogʻlanish sifati, shuningdek Internet-provayderlar ishining sifati va ularning Foydalanuvchini qurilma va dasturiy taʼminoti bilan ishlashi hamda Tashkilotchiga bogʻliq boʻlmagan holatlar uchun, bular bilan bogʻliq boʻlgan barcha negativ oqibatlarning barchasi kabi javob bermaydi.
6.7. Foydalanuvchi yoki boshqa shaxsning har qanday elektron qurilmalari, mobil qurilmalari, har qanday boshqa jihozi yoki dasturiy taʼminotiga Xizmatdan foydalanish natijasida yetkazilgan yoki u bilan bogʻliq zarar uchun Tashkilotchi javob bermaydi.
6.8. Hech qanday vaziyatda Tashkilotchi, Xizmatdan foydalanish sababli kelib chiqqan har qanday toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita, qasddan yetkazilmagan zarar, shu jumladan qoʻldan boy berilgan daromad va yoʻqotilgan maʼlumotlar uchun Foydalanuvchi yoki boshqa uchinchi shaxslar oldida javobgar boʻlmaydi.
6.9. Foydalanuvchi, “Ovozli portal” xizmati orqali olinadigan maʼlumotning mazmuni va qonuniyligi, haqqoniyligi uchun Foydalanuvchi yoki boshqa uchinchi shaxslar oldida javobgar boʻlmaydi.
6.10. Mazkur Kelishuvda bayon etilgan qoida va shartlarning Foydalanuvchi tomonidan buzilganligi uchun Tashkilotchi javob bermaydi va Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuvda bayon qilingan qoida va shartlar, yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini buzganida yohud har qanday uchinchi shaxslardan ana shunday maʼlumotni olganida, Tashkilotchi oʻz ixtiyoriga koʻra Foydalanuvchini oldindan ogohlantirgan yoki ogohlantirmagan holda, bunday harakat natijasida Foydalanuvchiga yetkazilishi mumkin boʻlgan har qanday zarar uchun javob bermasdan turib, Foydalanuvchining Xizmatga kirishini toʻxtatib turishi, cheklab qoʻyishi yoki toʻxtatib qoʻyish huquqini oʻzida qoldiradi.

7. Aksiyalarni oʻtkazish shartlari

7.1. Foydalanuvchilarni Xizmatdan foydalanishga qiziqtirish maqsadida, Tashkilotchi oʻz ixtiyoriga koʻra mustaqil ravishda ragʻbatlantiruvchi tusdagi Aksiyalarni oʻtkazishga haqli.
7.2. “Ovozli portal” Xizmatini faollashtirgan barcha Foydalanuvchilar (jismoniy shaxslar) aksiya ishtirokchilari boʻladi.
7.3. Quyidagilarga Aksiyada ishtirok etish taqiqlanadi: Tashkilotchi xodimlari, vakillari hamda bunday xodim va vakillarning oila aʼzolariga, shuningdek agar Tashkilotchi tomonidan pudratchi-tashkilot taklif etilgan boʻlsa u holda bunday pudratchi-tashkilotning xodim va vakillarining oila aʼzolariga, boshqa har qanday yuridik shaxslarning xodim va vakillariga, shuningdek tashkilot va/yoki Aksiyani oʻtkazishga aloqador boʻlgan har qanday boshqa shaxslar hamda ularning oila aʼzolariga. Agarda Aksiya Gʻolibini aniqlash chogʻida, Qoidalarning mazkur bandida koʻrsatilgan shaxs Gʻolib boʻlganligi aniqlansa, u holda Tashkilotchi sovrinli oʻyinni qayta oʻtkazish huquqini oʻzida qoldiradi.
7.4. Oʻtkazilish shartlari mazkur Kelishuvning Ilovasi boʻlgan har bir oʻtkaziladigan Aksiya toʻgʻrisida eʼlon qiladi.

8. Yakuniy qoidalar

8.1. Tashkilotchi va Foydalanuvchining oʻrtasidagi ushbu Kelishuv va munosabatlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi va talqin etiladi. Kelishuv bilan tartibga solinmagan masalalar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etilishi lozim.

8.2. Agar qandaydir bir sabablar bilan ushbu Kelishuvning biror bir shartlari haqiqiy (amalda) yoki yuridik kuchga ega boʻlmasa, bu Kelishuvning boshqa shartlarining amal qilishi yoki qoʻllanilishiga taʼsir koʻrsatmaydi.
8.3. Mazkur Kelishuv nomuayyan muddat davomida amal qiladi va Servisga kirish va undan foydalanishni amalga oshiruvchi har qanday Foydalanuvchiga, mazkur Kelishuvni Servisda chop etish sanasigacha kabi, uning chop etish sanasidan keyin ham amal qiladi.
8.4. Ushbu Kelishuv, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga muvofiq ommaviy ofertani, Foydalanuvchining mazkur Kelishuv sharlariga roziligini (akseptni) ifodalaydi.
8.5. Tomonlar oʻrtasidagi munosabatlardan kelib chiquvchi mazkur Kelishuv bilan tartibga solinadigan har qanday nizolar, Tashkilotchi joylashgan joydagi vakolatli sudda, nizolarni tartibga solishning suddan oldingi eʼtirozli tartibiga majburiy amal qilgan holda hal etilishiga Tomonlar rozi boʻldilar.
8.6. Xizmatga taalluqli har qanday eʼtirozlar, masala va takliflar bilan Foydalanuvchilar Tashkilotchiga: info@luxcontent.uz pochta manzili orqali murojaat qilishlari mumkin. Tashkilotchiga eʼtiroz bilan murojaat qilinganida Foydalanuvchi, eʼtirozning asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi, shuningdek Servisdagi barcha roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini koʻrsatishi shart.
8.7. mazkur Kelishuv oʻzbek va rus tillarida tuzilgan. Nizolar kelib chiqqanida, oʻzbek tilidagi variant ustun boʻladi. Kelishuvning oʻzbek tilidagi matni www.sports.uz va www.luxcontent.uz manzilda joylashtirilgan.

 

Kelishuvga № 1 Ilova

“Omadli Raqam” aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida

1. Sovrin sifatida quyidagilar belgilangan:
1.1. Bosh sovrin: Redmi 9;
2. Aksiya 2021-yil 1-maydan boshlab 2021-yil 30-mayga qadar haftasiga bir marta oʻtkaziladi. Tashkilotchi bu haqida www.luxcontent.uz rasmiy sayt yoki http://sports.uz/ manzili orqali yohud boshqa usullarda eʼlon qilishi mumkin.
3. Tashkilotchi, Aksiyaning saytida yoki boshqa usullar bilan chop etgan holda Aksiya shartlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqini oʻzida qoldiradi. Oʻzgarishlar, chop etilgan vaqtidan boshlab kuchga kiradi, agar kiritilgan oʻzgarishlarda boshqacha koʻzda tutilmagan boʻlsa.
4. Aksiyani oʻtkazishning butun vaqti davomiga, “Ovozli portal” va qoʻshimcha “Ob-xavo malumotlari” sms xizmati UzMobile kompaniyasida Foydalanuvchisining Abonent raqami faol holatda boʻlishi kerak.
5. Gʻolib, Aksiyada ishtirok etish uchun mazkur boʻlimga muvofiq barcha zarur harakatlarni amalga oshirgan Foydalanuvchilar orasidan aniqlanadi.
6. Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuvning 4.3-bandida koʻrsatilgan SMS-xabarning joʻnatilishi, Foydalanuvchini oʻyinda ishtirok etishdan avtomatik chiqarib yuborilishiga sabab boʻladi.
7. Aksiyani oʻtkazish sanasi va Aksiya gʻolibini eʼlon qilish, Tashkilotchi tomonidan maʼlumotni http://sports.uz/ saytiga joylashtirish yoki Foydalanuvchiga SMS-xabar joʻnatish yoʻli bilan belgilanadi.
8. Oʻyin, http://sports.uz/ saytida tasodifiy sonlarni identifikatsiyalash tizimi (Randomizer) yoki maxsus barabandan foydalangan holda oʻtkaziladi.
9. Gʻolib, tasodifiy sonlarni identifikatsiyalash dasturi (Randomizer) orqali eʼlon qilinadi.
10. Aksiya gʻolibini aniqlash jarayoni real vaqt rejimida (live) http://sports.uz/ saytida translyatsiya qilinadi
11. Gʻolibni eʼlon qilish toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya qilish vaqtida, shuningdek http://sports.uz/ saytiga maʼlumot joylashtirish yoki Foydalanuvchiga SMS-xabarni joʻnatish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
12. Sovrin, ushbu Aksiyada ishtirok etgan Foydalanuvchilarga, Toshkent shahrida Tashkilotchining ofisida topshiriladi. Topshirish sanasi va vaqti, Aksiya gʻolibiga maʼlum qilish, Abonent raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki SMS-xabar joʻnatish orqali amalga oshiriladi.
13. Agar Aksiya gʻolibi, Gʻolib eʼlon qilinganidan keyin 6 kalendar kuni ichida Tashkilotchiga murojaat qilmagan yoki boshqacha tarzda Sovrinni olishni rad etgan taqdirda, bu holda Tashkilotchi oʻyinni qayta oʻtkazadi yoki Sovrinni oʻz ixtiyorida qoldiradi.
14. Aksiya Tashkilotchisi, taqdim etilayotgan Sovrinlarning sifati uchun javob bermaydi.
15. Sovrinni olishda, gʻolib, oʻzining pasport nusxasini, doimiy yashash joyi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qoʻshgan holda, uyali aloqa taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomani taqdim etadi. Foydalanuvchi, Gʻolib eʼlon qilinganidan keyin 6 kun davomida sanab oʻtilgan hujjatlarni taqdim etmagan taqdirda, sovrin berilmaydi, va Tashkilotchi oʻyinni qayta oʻtkazadi yoki Sovrinni oʻz ixtiyorida qoldiradi.
16. Gʻolib, Sovrinning pullik ekvivalentini olishni talab qila olmaydi.
17. Agar Tashkilotchi, Aksiya tashkil qilishni oʻz nomidan amalga oshirsa, u holda Gʻolibning nomidan va uning topshirigʻiga koʻra, soliq agenti sifatida Sovrin koʻrinishidagi boshqa daromadni olish uchun jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlash majburiyatlarini (OʻzR SK 178-moddasi 8-bandi), Tashkilotchi oʻz zimmasiga oladi. Aks holda, Gʻolib, barcha tegishli soliqlarni oʻzi mustaqil ravishda toʻlash majburiyatini oladi.
18. Gʻolib, uni Gʻolib deb topilishida vujudga keluvchi huquq va majburiyatlarni uchinchi shaxslarga oʻtkaza olmaydi.
19. Tashkilotchi, Aksiya gʻolibi tomonidan qilingan xarajatlar yoki koʻrilgan zararlar uchun javobgar boʻlmaydi.
20. Foydalanuvchining Aksiya shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻliq olmaganligi uchun javob bermaydi.
21. Aksiyada ishtirok etish fakti, Foydalanuvchining, Aksiya oʻtkazish davrida va undan keyin ham oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini yuborish va ishlov berilishi, Tashkilotchidan SMS-xabarlar, reklama va boshqa xabarlarni olishga toʻliq roziligini koʻzda tutadi.
22. Sovrinni olish bilan bogʻliq xarajatlarni (shu jumladan, lekin ular bilan chegaralanmagan holda, mobil aloqaga xarajatlar, Internetga kirish xarajatlari, transport xarajatlar va va h.k.) Aksiya gʻoliblari mustaqil tarzda toʻlaydilar.
23. Aksiya gʻolibi boʻlgan Foydalanuvchi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, zarur hollarda esa fotosurati va boshqa rasmlari, video, audio materiallari Tashkilotchi tomonidan reklama maqsadlarida qoʻllanilishi mumkinligiga rozi boʻladi.
24. Aksiya Tashkilotchisi, aksiya qoidalari talablarini buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan har qanday Foydalanuvchini Aksiyadan chiqarib yuborishga haqli.

 

 

Kelishuvga № 2 Ilova

“Omadli Raqam” aksiya toʻgʻrisida

1. Onlayn chatdan va “Uzmoblie” kompaniyasida xizmatidan bepul foydalanish aksiyasi bir oy davomida amal qiladi. 

Mobiuz abonentlari uchun chatdan foydalanishning birinchi kunidan boshlab (abonent to'lovi kuniga 509,98 so'm).
2. Xizmatga ulanish uchun qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki “X” matnli SMS-xabar joʻnatish zarur. (Beeline ovozli qisqa raqami — 5555 va SMS qisqa raqami — 5454, Ucell ovozli qisqa raqami – 555 va SMS qisqa raqami – 5454, Perfectum ovozli qisqa raqami – 0720 va SMS qisqa raqami – 5454, Uzmobile ovozli qisqa raqami – 5555 va SMS qisqa raqami – 1424, Mobiuz ovozli qisqa raqami – 7777 (Muloqot shahri) va SMS qisqa raqami – 77777);
3. Xizmatga ulanganda, ulanganlik toʻgʻrisidagi SMS-xabar keladi.
4. Onlayn-chatdan va “Uzmoblie” kompaniyasida xizmatidan bepul foydalanish oyi tugaganidan keyin, xizmat bundan keyin pullik boʻlayotganligi haqida SMS keladi.
5. Foydalanuvchi, qisqa raqamga “Stop X” matn yozilgan SMS yuborish orqali Xizmatdan foydalanishni toʻxtatishga haqli.
6. Agar Foydalanuvchi, xizmatdan foydalanishni toʻxtatib turish haqidagi SMS-xabarni joʻnatmasa, xizmat avtomatik tarzda nomuayyan muddatga uzaytirilgan hisoblanadi, va keyingi kundan boshlab, Beeline: 699-so’m, Ucell: 505,2- so’m, Perfectum: 421- so’m, Uzmobile: 842-so’m, Mobiuz: 510 soʻm miqdoridagi toʻlov yechib olinadi.
7. Foydalanuvchi, xohlagan vaqtida qisqa raqamga “Stop X” matn yozilgan SMS yuborish orqali Xizmatdan foydalanishni toʻxtatishga haqli.
8. Bepul onlayn-chat xizmati va “Uzmoblie” kompaniyasida qoʻshimcha “Ob-xavo malumotlari” sms xizmati doirasida sovrinlar oʻynalishi oʻtkaziladi.
9. Oʻyinning barcha bosqichlarida quyidagi tarzdagi SMS-xabarlar yuboriladi: "Bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da, Omadli raqam aksiyasida g'olib aniqlanadi va jonli efir olib boriladi. Kuzatish uchun: sports.uz
9.1. Onlayn chat va “Uzmoblie” kompaniyasida  xizmatiga obuna boʻlganlik va xizmatdan joriy kalendar oyining oxirigacha bepul foydalanish hamda qimmatbaho sovrinlarning bepul oʻynalishida ishtirok etish toʻgʻrisidagi ogohlantirilishi.
9.2. Onlayn-chatdan va “Uzmoblie” kompaniyasida xizmatidan bepul foydalanish davri tugaganligi va SMS olingan sananing ertangi kunidan boshlab xizmatdan foydalanganlik uchun kundalik toʻlov yoqilishi toʻgʻrisidagi SMS-xabar.
10. Sovrinlar oʻyini, Onlayn-chat va “Uzmoblie” kompaniyasida  2021-yil 1-maydan boshlab 2021-yil 31-maygacha obuna boʻlgan barcha raqamlarning bazasidan tasodifan tanlash yoʻli bilan oʻtkaziladi.
11. Tasodifiy tanlov, boshqa mustaqil Randomizer servisidan foydalangan holda https://www.randomizer.org/ manzil boʻyicha amalga oshiriladi.
12. Tasodifiy tanlovning butun jarayoni, videoyozuv yordamida qayd etiladi, va 1 oy (30 kun) davomida tanishib chiqish uchun Tashkilotchining saytiga joylashtiriladi.

13. "Omadli Raqam" aksiyasi faqat jismoniy shaxs maqomiga ega bo'lgan abonentlar orasida o'tkaziladi. Bunda korporativ raqamlar va yuridik shaxslar ishtirok etmaydi